O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga qimmatlashdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga qimmatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 6 noyabrdan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 13 so‘m 10 tiyinga qimmatlashib, 8249 so‘m 97 tiyinga yetgan.

Evro kursi esa 1 so‘m 73 tiyinga qimmatlashib, 9392 so‘m 59 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 52 tiyinga arzonlashib, 124 so‘m 67 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 131 so‘m, 48 tiyinga qimmatlashib, 10 700 so‘m, 21 tiyinni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!