O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Qo‘yliq bozoridagi yollanma ishchi xotin-qizlar bilan uchrashdi (foto)

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Qo‘yliq bozoridagi yollanma ishchi xotin-qizlar bilan uchrashdi (foto)

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.

Foto: «Daryo»

Uchrashuvda viloyatlardan ish qidirib Toshkent shahriga kelgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida «Qo‘yliq» bozori atrofidagi norasmiy yollanma ishchilar to‘plangan joylarda bir martalik ish qidirib chiqqan xotin-qizlarning har biri bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Foto: «Daryo»

Dastavval barcha yig‘ilgan xotin-qizlarga umumiy tushuncha va ma’lumotlar berilgach, har bir viloyatdan kelgan xotin-qizlarni alohida xonalarga jalb qilinib, Tanzila Norboyeva barcha bilan birma-bir suhbatlashdi.

Foto: «Daryo»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmanovaning ma’lumotlariga qaraganda, mazkur sayyor qabulda mamlakatning barcha viloyatlaridan xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

Foto: «Daryo»

Hozircha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «Bizning jamiyatda har bir ayol davlat himoyasidadir!» shiori ostida viloyatlardan ish qidirib Toshkent shahriga kelgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida «Qo‘yliq» va «Chorsu» bozorlari atrofidagi norasmiy yollanma ishchilar to‘plangan joylarda bir martalik ish qidirib chiqqan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur sayyor qabullar davomli tarzda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!