O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

24 avgust kuni Turkmanboshi shahrida Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qiladi "uz24.uz" Prezident matbuot xizmatiga asoslanib.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi ko‘p qirrali aloqalarga yangi sur’at baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Muloqotda avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!