O‘zbekiston va Belgiya talabalari o‘rtasida almashuv dasturlari amalga oshiriladi

O‘zbekiston va Belgiya talabalari o‘rtasida almashuv dasturlari amalga oshiriladi

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning yetakchi va eng qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri – Lyoven katolik universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan mazkur universitet o‘rtasida iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar, muhandislik, biologiya fanlari, muhandislik texnologiyalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Universitet rahbariyati O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda qo‘shma almashinuv dasturlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!