O‘zbekiston terrorizm jahon indeksi ro‘yxatining nechinchi o‘rnida?

O‘zbekiston terrorizm jahon indeksi ro‘yxatining nechinchi o‘rnida?

O‘zbekiston terrorizm jahon indeksi ro‘yxatining qariyb eng oxirgi qatorida, ya’ni 2018 yilda 134-o‘rinni egallagan.

"Uz24.uz" nashrining yozishicha, Iroq, Afg‘oniston va Nigeriya yetakchi uchlikka kiritilgan. Tojikiston – o‘rtada, 74-qatorda, Rossiya esa 34-qatorda joylashgan.

Terrorizm jahon indeksi (GTI) “terrorizm ta’sirini” aks ettiradi va turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hamda radikal oqimlar paydo bo‘lishining geosisyosiy omillari tahlilida tuziladi. Reytingda jami 163 ta davlat keltirilgan.

O‘zbekiston terrorizmga qarshi faol kurash olib bormoqda. 21-24 noyabr kunlari ushbu muammoni xalqaro miqyosida “O‘zbekiston-Evropa” Hamkorlik kengashi majlisida va “Evropa ittifoqi-Markaziy Osiyo” hududlararo uchrashuv doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muhokama qilgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!