O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi

2018 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegasiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi Miroslav Yencha, bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun ichki hamda transmilliy tahdidlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bishkek shahrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!