Rishton tumanida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi

Rishton tumanida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan «zapravka» gaz ta’minotidan ajratildi

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Rishton tumanida joylashgan «Z.M.S.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSh tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!