Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi

Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi

Toshkentda milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, san’at muxlislarini qizg‘in tabrikladi.

– Bugun o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman,
— dedi Prezident.

Botir Zokirov 1936 yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilib, voyaga yetgan. 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2000 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» va 2021 yilda «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Davlatimiz rahbari xonandaning benazir iste’dod va insoniy fazilatlarini e’tirof etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!