"Real" La Ligada yana bir rekordni yangiladi

"Real" La Ligada yana bir rekordni yangiladi

Madridning "Real" klubi joriy mavsum La Ligadagi 20-uchrashuvida ham o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Shu tariqa, madridliklar bir mavsumda quruq o‘yinlar soni bo‘yicha 34 yillik rekordni yangiladi. Hali hech bir ispan jamoasi bir mavsumda shuncha uchrashuvda nolga o‘ynamagan.

Joriy mavsum "Real Madrid" darvozasini uch nafar darvozabon qo‘riqladi. Lunin 10 ta uchrashuvda gol o‘tkazmagan bo‘lsa, Arrisabalaga 7 ta bahsda, Kurtua 3 ta o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!