Samarqandda uyi qulagan fuqaro qo‘shnisidan 300 ming dollar talab qildi

Samarqandda uyi qulagan fuqaro qo‘shnisidan 300 ming dollar talab qildi

Samarqandda uyi qulagan fuqaro qo‘shnisidan 300 ming dollar talab qilmoqda.

Xabar qilinishicha, uyi qulagan fuqaro ichki ishlarga murojaat qilgan. Ish hujjatlarga ko‘ra, 15 may kuni fuqaro M.H. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda tumanning Samarqand ko‘chasi, 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qo‘shnisi T.B. hovlisida do‘kon qurish uchun (chuqur) kotlovan qazilganini, o‘zi va MFY raisi bilan quruvchilarga qazishni to‘xtatishini, aks holda yashash uyi qulab tushishini bir necha bor aytib kelishiga qaramasdan, kotlovan kovlashni davom ettirgan.

Natijada 14 may kuni soat 19:45 larda yashash xonadoni qulab tushib, unga 300 000 AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon qilib, fuqaro T.B.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, gumon qilinuvchi shaxs aslida Namanganda yashaydi. Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan Past Darg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!