O‘zbekistonda haj mavsumi 23 maydan boshlanadi

O‘zbekistonda haj mavsumi 23 maydan boshlanadi

O‘zbekistonda haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanadi. Respublikamizdan Saudiya Arabistoni Podshohligiga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

✈️ Mamlakatimizning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

😄“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik kengashi joriy mavsumga tayyorgarlik ishlarini turli yo‘nalishlarda jadal davom ettirmoqda. Jumladan, ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, guruh rahbarlarini biriktirish, safar oldi mashg‘ulotlar o‘tkazish, shifokorlar va oshpazlar guruhini jalb etish hamda safar hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

🟢Shu kunlarda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj arkonlari haqida suhbat qilmoqdalar. Har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” nomli qo‘llanma, sumka, nimcha kabilar taqdim etilmoqda.

☪️ Ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda.

🖥 O‘zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida haj amallari haqidagi turkum suhbatlar, tavsiyalar, maqolalar, shar’iy savol-javoblar e’lon qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!