O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi ortdi - 10,2 foizga. 2017 yilning shu davrida 638,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda - 657,1 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi - 11,7 foiz. 2017 yilda 553 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda 650,6 ming tonna.

Portlandsement hajmida pasayish kuzatildi - 9,2 foiz (2017 yilning shu davrida 4970 ming tonna, 2018 yilda - 4590,7).

Bundan tashqari, O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 7,5 foizga oshdi. 2017 yilning shu davrida - 322 dona, 2018 yilda - 2406.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!