O‘zbek milisionerlari yetimlarning boshini siladi

O‘zbek milisionerlari yetimlarning boshini siladi

Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston shahar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun Toshkent shahrida yangi yil bayrami tadbirlari uyushtirildi.

Bolajonlar dastavval Mustaqillik shoh ko‘chasida o‘rnatilgan Yangi yil archasiga olib borildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Bu yerda o‘rnatilgan katta sahnada shodon kuy-qo‘shiqlar yangradi, Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokida ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olib kelishi haqida hikoya qiluvchi sahnalashtirilgan bayram tomoshalari kichkintoylarga olam-olam zavq bag‘ishladi.

Shundan so‘ng, bolalar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Tushlikdan so‘ng bolajonlar Ashxobod sayilgohida bo‘lib, turli attraksionlarda miriqib dam oldi. Xalqlar do‘stligi saroyida bolajonlar uchun teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

Bayram tadbiri so‘nggida bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan yangi yil sovg‘alari tuhfa etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!