Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga ko‘rgan zararlari oldindan hamda teng qiymatda qoplab beriladi

Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga ko‘rgan zararlari oldindan hamda teng qiymatda qoplab beriladi

Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.

Bu me’yorlar Senat yalpi majlisida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda aks etgan.

Qonun bilan tegishli qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Uy-joy kodeksida turar joylarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi belgilandi.

Ma’lumki, iqlim o‘zgarishi oqibatida yildan-yilga sel kelishi va ko‘chki bilan bog‘liq xavfli jarayonlar tobora faollashib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan, sel va ko‘chki bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish, aholi hayoti xavfsizligini ta’minlash, ko‘riladigan iqtisodiy zarar miqdorini kamaytirish maqsadida Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish taqiqlanishi belgilangan yangi norma kiritilmoqda.

Shu bilan birga, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining erkin harakatlanishi kafolatlanishi, shuningdek, hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutuvchi yangi norma aks ettirilmoqda.

Mazkur qonun xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga, tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!