Urush xavfi ortmoqda: AQSh Eronni bir zarb bilan yo‘q qilmoqchi

Urush xavfi ortmoqda: AQSh Eronni bir zarb bilan yo‘q qilmoqchi

Prezident Donald Tramp Eron tomonidan AQShga hujum uyushtiriladigan bo‘lsa, Fors ko‘rfazini bir zarb bilan yo‘q qilib yuborishini ma’lum qildi.

"Qalampir" nashriga ko‘ra, "Eronning birorta amerikalikka qiladigan har qanday tahdidi biz tomonimizdan katta og‘riq bilan qabul qilinadi. Bu esa bir qancha hududlarning vayronagarchilikka yuz tutishini anglatadi", deb yozdi Tramp Twitter'dagi sahifasida.

Shuningdek, u 2015 yilda Eron bilan yadroviy kelishuvni imzolagan AQShning sobiq rahbariyati Obama va Jon Kerrilarni eslab o‘tdi. "Endi hech qanday Obama va Jon Kerri yo‘q", deb qo‘shimcha qilgan amaldagi Prezident. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida Donald Tramp qarori bilan AQSh yadroviy kelishuvdan chiqqan edi.

Avvalroq, rasmiy Vashington Eronni rasmiy London va rasmiy Ar-Riyod yordamida Ummon ko‘rfazidagi neft tankerlariga hujum qilganlikda ayblab chiqqan edi. Rasmiy Tehron esa bunga aloqador ekanligini rad etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!