Urgutdagi do‘kondan 24 mln so‘m va 9 ta telefon o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Urgutdagi do‘kondan 24 mln so‘m va 9 ta telefon o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yil 13 fevraldan 14 fevralga o‘tar kechasi Urgut tumani Algar mahallasida joylashgan savdo do‘koni derazasini sindirib ichkariga kirgan noma’lum shaxslar do‘kon ichida bo‘lgan seyf qulfini buzib, 24 million so‘m pul va 9 turdagi, umumiy narxi 2 million 900 ming so‘mlik Samsung Galaxy telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati Daryo ga xabar qildi.

Do‘kon egasi 14 fevral kuni Urgut tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi va holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.E. va N.M. sodir qilganligi aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!