O‘quvchilarga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan bo‘shatildi

O‘quvchilarga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya xodimi o‘quvchilar yuziga tarsaki tushirayotgani aks etgan video tarqaldi.

Holat bo‘yicha viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan 49-maktabda sodir bo‘lgan. Hozirda tasvirdagi Milliy gvardiya xodimi ishdan olingan.

“Mazkur holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va videotasvirda aks etgan xodim hozirda egallab turgan lavozimidan chetlashtirilganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!