O‘qish kontraktini muddatlarga bo‘lib to‘lash mumkin

O‘qish kontraktini muddatlarga bo‘lib to‘lash mumkin

Tartib talabalarning qaysi kursda o‘qishiga qarab farq qiladi.

Masalan, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) to‘lashi shart.

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari esa 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha) kontrakt pulining kamida 25 foizni to‘lab qo‘yishi majburiy.

Bo‘lib to‘lash tartibi esa barcha kurslar uchun bir xil va ular quyidagicha:
◽️ belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha;
◽️ 75 foizini 1 aprelgacha;
◽️ 100 foizini 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha).

Ta’kidlash lozim, xorijiy fuqarolari kontrakt pulini OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha to‘laydi.

Nodavlat oliygohlarda esa kontrakt to‘lash muddatlari talaba va OTM o‘rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!