"O‘lim shifokori": bo‘lim boshlig‘i koronavirusga chalingan bemorlarni atayin o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi

"O‘lim shifokori": bo‘lim boshlig‘i koronavirusga chalingan bemorlarni atayin o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi

Italiyada Montikyari kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i Karlo Moska hibsga olindi. U koronavirusga chalingan bemorlarga atayin o‘limga sabab bo‘ladigan dorilar bergan va o‘lim sababini ustalik bilan yashirgan. Bu haqda «KP» nashri yozmoqda.

Nashr Moskani "O‘lim doktori" deb atadi. Manbaning yozishicha, polisiya o‘tgan yilning yozida Italiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat biroz pasayganida shifokorning shubhali xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot olgan. Shifokorning hamshiralardan koronavirusni davolash protokolida ko‘zda tutilmagan kuchli dori-darmonlarni olib kelishni tez-tez talab qilayotgani g‘alati tuyilgan. Shuningdek, Karlo og‘ir ahvoldagi bemorlar bilan yolg‘iz qolishni iltimos qilgan. Shundan so‘ng, ikkita bemor dorining salbiy ta’siri tufayli vafot etgan. Keyinchalik yana to‘rtta bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari shifokorning nega bu xatti-harakatlarni sodir etgani sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Moska boshqa bemorlar uchun ko‘rpa-to‘shaklar orttirish va tibbiyot xodimlariga bosimni hech bo‘lmaganda yumshatish uchun davo topishiga ko‘zi yetmagan bemorlardan qutulishga qaror qilgan.

Shifokorning o‘zi barcha ayblovlarni rad etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!