«Ukrainani Xudo o‘z panohida asrasin»: Poroshenko Zelenskiyga muvaffaqiyatlar tiladi

«Ukrainani Xudo o‘z panohida asrasin»: Poroshenko Zelenskiyga muvaffaqiyatlar tiladi

Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning saylangan yetakchisi Vladimir Zelenskiyga prezidentlik lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda u o‘z Twitter ida yozdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru .

Poroshenko yaqindagina saylov poygalari chog‘ida Zelenskiy bilan ashaddiy raqiblar bo‘lganini qayd etdi.

Ammo, Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, ertaga yangi davlat rahbariga aylanadigan Zelenskiyning yevropacha kelajagi ga u ishonadi.

Shunday ekan, Xudoning o‘zi Ukrainani o‘z panohida asrasin, uning yangi rahbarini esa o‘z faoliyatida qo‘llasin , dedi Poroshenko.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!