Ukraina millatchilari isyon ko‘tardi. Poroshenko qochib qoldi (video)

Ukraina millatchilari isyon ko‘tardi. Poroshenko qochib qoldi (video)

Ukrainadagi Milliy korpus muxolifatchi millatchilardan iborat tashkilot vakillari mamlakat prezidenti Petr Poroshenkoning Cherkassdagi chiqishida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Millatchilar undan mudofaa sanoatiga tegishli pullarning o‘g‘rilanishi yuzasidan tushuntirish berishni talab qila boshlashdi. Ular baravariga Sahnada qolasan! Bizning savollarimizga javob berasan! Prezident bizdan qochib qutula olmaydi! deya hayqira boshlagan. Poroshenko vaziyatni ko‘rgach, qo‘riqchilar hamrohligida qochib qolishga majbur bo‘lgan. Millatchilar prezident kortejini o‘rab olishga harakat qilib, fayerlarni yoqqan holda zaharli gaz sepa boshlashgan.

Natijada ular va polisiyachilar o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. To‘qnashuvlar chog‘ida 10 nafar polisiyachi, jumladan, viloyat polisiya boshqarmasi rahbari Valeriy Lyutiy jiddiy jarohat olgan.

Shu yil 2 mart kuni millatchilar Kiyevdagi markaziy marsh tashkil etib, Poroshenkoning qamoqqa olinishini talab qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!