Ukraina Isroilga dronlarga qarshi kurashda yordam berishni taklif qildi, ammo ...

Ukraina Isroilga dronlarga qarshi kurashda yordam berishni taklif qildi, ammo ...

Ukraina tomoni uzoq vaqtdan beri Livanning «Hizbulloh» terrorchilik tashkiloti ishlatayotgan Eron uchuvchisiz uchoqlariga qarshi kurashda Isroilga yordam taklif qilgan, biroq Isroil tomoni bu taklifni e’tiborsiz qoldirgan, deb xabar berdi ITV Channel 12 sayti.

Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychukning aytishicha, 2023 yil boshida u «shahid»ning parchalarini Isroilga olib kelgan va bu qurollarga qarshi kurashish uchun tajriba almashishni taklif qilgan, chunki ertami-kechmi Isroil ham bu tahdidga duch keladi.

Sobiq mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ham Kiyev Quddusni 2022 yil oxirida Eron dronlari muammosi bo‘yicha hamkorlikka taklif qilganini, biroq bu taklif tegishli jiddiylik bilan qabul qilinmaganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!