Qudratillo Abduqahhorov ertadan keyin Kirovda ringga chiqadi

A A A
Qudratillo Abduqahhorov ertadan keyin Kirovda ringga chiqadi

29 iyun kuni Rossiyaning Kirov shahrida "IBA Chempionlar oqshomi" bo‘lib o‘tadi.

Oqshomning markaziy jangi Qudratillo Abduqahhorov ishtirokida kechadi. Hamyurtimiz mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Pavel Sosulinga qarshi ringga ko‘tariladi. 71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida tashkil etilayotgan ushbu jang 8 raund etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, Papel Sosulin (8-0) prof ringda 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi 6 oy ichida Moskva, Serpuxova va Ufadagi boks oqshomlarida zafar quchgan. Abduqahhorov hisobida 20 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor. Bokschimiz shu oyning boshida AQShda gresiyalik Andres Kasurakis (13-0-0)ga hakamlarning noto‘g‘ri qarori bilan imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Shuningdek, Kirovdagi boks turnirida yana bir hamyurtimiz Begali Qirg‘izboyev ham o‘z jangini o‘tkazadi. 92 kg vazn toifasida o‘tkaziladigan 4 raundlik jangda unga rossiyalik Artem Saturyan raqiblik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!