O‘zganing bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan firibgar qo‘lga olindi

O‘zganing bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan firibgar qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida yashovchi (ayol) U.M. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning 10 mln.ga yaqin pul mablag‘lari yechib olinganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi T.A., jabrlanuvchi ayol U.M.ga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning 10 mln.ga yaqin pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "a,b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
———
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a,b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Hurmatli kanalimiz obunachilari agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!