Shimoliy Koreya o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish ehtimoli haqida ba’zi tafsilotlar ma’lum qilindi

Shimoliy Koreya o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish ehtimoli haqida ba’zi tafsilotlar ma’lum qilindi

▪️Shimoliy Koreya qo‘shinlari muhandislik korpusining bir qismi bo‘ladi va urushdan vayron bo‘lgan hududni tiklashda yordam berish uchun zarur.
▪️Bular oddiy quruvchilar emas, balki KXDR Qurolli kuchlarining harbiy unvonga ega bo‘linmalari.
▪️Shimoliy koreyalik askarlarning oyiga taxminan 800 dollar maosh olishi kutilmoqda, bu KXDR uchun valyuta ishlab chiqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, deya xabar berdi Janubiy Koreyaning Chosun TV telekanali.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil uchun mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRda o‘rtacha ish haqi oyiga 11 dollarni tashkil qiladi. Biroq, poytaxtdan tashqarida oyiga 3 dollargacha tushishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!