Uchqo‘rg‘ondagi xonadonlardan birida antiqa “yashirin” tarmoq aniqlandi (foto)

Uchqo‘rg‘ondagi xonadonlardan birida antiqa “yashirin” tarmoq aniqlandi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda tezkor tadbirlarni o‘tkazib kelishmoqda.

Xususan, joriy yilning 13 mart kuni Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini Qo‘shchinor ko‘chasida yashovchi fuqaro U.Xayitov xonadoni ko‘zdan kechirilganda antiqa yashirin tarmoqni aniqladilar. Gap shundaki, mazkur xonadon elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalanish maqsadida devor ichidan tarmoq tortib, ustini hech kim bilmagandek zamonaviy tarzda bo‘yoqlagan. Hech kim bilmaydi qabilida ish tutib yurgan xonadonning bu ixtirosi tadbir mobaynida ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha iste’molchi belgilangan tartibda tarmoqdan uzilib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Umuman olganda, tumanda joriy yilning 1 martga qadar elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzgan 42 nafar iste’molchi aniqlangan hamda ta’minotchi korxonalarga 146,9 million so‘m zarar yetkazilgan. Barcha qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksining 101-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar summasi va jarimalar undirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!