O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikasiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni raqamli identifikasiya qilish va uni qo‘llash hamda investisiya vositachilari tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish jarayonida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida mijozlarni tekshirish tizimini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikasiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom investisiya vositachilari tomonidan rezident va norezident jismoniy, shu jumladan, yuridik shaxs nomidan harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarni masofadan turib raqamli identifikasiya qilish, shuningdek, mijozlar bilan shartnoma tuzish vaqtida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, “O‘z mijozingni bil” (KYC, e-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tartibini belgilaydi.
Qarorga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan mijozlarni masofadan turib raqamli identifikasiya qilish tartibidan foydalanish jarayonida “O‘z mijozingni bil” (KUS, YE-KYC) tizimiga muvofiq hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimiga asosan qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlar bilan shartnoma tuzish paytida mijozlarni tekshirish tizimini amalga oshirish tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.
Bunda doimiy nazorat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.