"Uch soatda manzilga eltadi": Samarqand-Toshkent avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

"Uch soatda manzilga eltadi": Samarqand-Toshkent avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

17 aprel kunidan Samarqand-Toshkent shaharlararo avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Samarqand-Toshkent shaharlararo zamonaviy avtobus qatnovi Samarqand shahridagi avtomobillar Bosh bekati orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha har kuni ertalab soat 07:00, 09:00, 10:00 da Samarqand shahridan va kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 13:30, 16:00, 18:00 da Toshkent shahridan harakatlanishi belgilangan.

Yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish vaqti 3 soatni va chipta narxi 1 yo‘lovchi uchun bir tomonga 25 ming so‘mni tashkil etadi (avtobus 55 ta o‘ringa ega).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!