U-17 JCH. O‘zbekiston Kanadani yirik hisobda mag‘lub etdi

U-17 JCH. O‘zbekiston Kanadani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston U17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida Kanadaga qarshi maydonga chiqib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Vakillarimiz birinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishdi.

O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida esa raqib posbonining xatosidan unumli foydalangan Amirbek Saidov o‘zining ikkinchi, jamoamizning esa uchinchi golini Kanada darvozasiga joyladi.

Shu tariqa, Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi musobaqadagi ilk 3 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. O‘smirlarimiz 16 noyabr kuni Ispaniyaga qarshi 3-tur bahsini o‘tkazishadi.

U-17 JCH, "B" guruhi, 2-tur. 17:00
O‘ZBEKISTON - KANADA - 3:0
Gollar: Ollabergan Karimov (22), Amirbek Saidov (27, 80)
O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqunbekov, 7.LAzizbek Mirzayev (S), 8.Behruz Shukurullayev, 9.Amirbek Saidov, 13.Buhruz Jumatov, 14.Shodiyor Shodiboyev, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov, 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev

ISPANIYa - MALI - 1:0

Jamoa O‘yin G‘alaba Durang Mag‘-t T-N Ochko
1 Ispaniya 2 2 0 0 3-0 6
2 Mali 2 1 0 1 3-1 3
3 O‘zbekiston 2 1 0 1 3-3 3
4 Kanada 2 0 0 2 0-5 0

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!