Turkmaniston va UNICEF hamkorlikni mustahkamlaydi

Turkmaniston va UNICEF hamkorlikni mustahkamlaydi

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mehri Beshimova mamlakatdagi UNICEF vakolatxonasi yangi rahbari Jalpa Ratna bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozdi “Turkmenportal”.

Muloqot davomida joriy hamkorlikning yuqori darajasi qayd etilib, aloqalarni yanada kengaytirish istiqboli muhokama qilindi.

UNICEFning Turkmaniston uchun 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Bolalarni asrash, sog‘liqni saqlash, ovqatlanish, erta rivojlanish, ijtimoiy himoya va inklyuziv ta’lim hujjatda aks etgan asosiy yo‘nalishlardir.

Diplomatlar hamkorlikni mustahkamlash, shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar.

UNICEF vakolatxonasi rahbari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!