Turkmaniston: Gazeta va jurnallarning qog‘oz shakli cheklanmoqda

Turkmaniston: Gazeta va jurnallarning qog‘oz shakli cheklanmoqda

2021 yilning 1 yanvar sanasidan boshlab Turkmanistonda nashr qilinadigan gazeta va jurnallar faqat elektron shaklda chiqadi (pensiya yoshidagi aholi uchun istisno qilinadi).

Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

Ashxobod pochta aloqasi xodimlari 2021 yilga mo‘ljallangan turkman gazeta va jurnallariga obunani yangilamoqchi bo‘lgan aholiga yangi yildan e’tiboran mahalliy va davriy nashrlar faqatgina elektron shaklda bo‘lishini tushuntirmoqda.

Obunani pochta bo‘limlarida yangilash mumkin. Uning olti oylik narxi 60 manat (17 dollar atrofida) etib belgilangan. Bir yoki bir nechta nashrlarga obuna bo‘lish mumkin emas. Mamlakatda rasmiy nashr etiladigan gazeta va jurnallarning barchasiga obuna bo‘lish lozim (jami 21 ta markaziy va mintaqaviy gazeta va 8 ta jurnal). Barcha davriy nashrlarni gadjetga o‘rnatilgan maxsus dastur orqali o‘qish mumkin bo‘ladi.

Qog‘oz shaklidagi gazeta va jurnallarga faqatgina pensiya yoshidagi fuqarolar obuna bo‘lishlari mumkin. Shu bilan birga nafaqaxo‘rlarda bir yoki bir nechta nashrga obuna bo‘lish imkoniyati saqlab qolinadi.

Turkmanistondagi deyarli barcha gazeta va jurnallar davlatga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!