Turkiyada yangi yilning birinchi kuni yana bir o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Turkiyada yangi yilning birinchi kuni yana bir o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Turkiyada yangi yilning birinchi kuni yana bir o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

"Istanbuldagi Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar kuni Istanbul shahrida 1974 yil 11 iyunda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi SH.R yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bosh konsulxona Turkiyaning vakolatli idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga dafn etish uchun yuborishni tashkil qilishda marhumning yaqinlariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Anqara shahridagi mamlakatimiz elchixonasiga (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (tel.: +90 212-323-20-36, +90 212-323-20-37) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi".

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini 10-qavatdan tashlab, vafot etgani haqida xabar berilgandi. TIV bu voqeani ham rasman tasdiqladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!