Turkiyada tunnel portlashi natijasida 11 kishi jarohatlandi

Turkiyada tunnel portlashi natijasida 11 kishi jarohatlandi

Turkiyaning shimoli-sharqida tunnelda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 11 kishi jabrlandi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Erzurum-Bayburt magistral yo‘lidagi Sharqiy Anatoliya va Qora dengizning sharqiy qismini bog‘laydigan Kop tog‘idagi tunnelda gaz to‘planishi natijasida yuzaga kelgan.

Jabrlanganlar yaqin atrofdagi kasalxonalarga yetkazilgan.

Bayburt shahrining gubernatori Kyuneyt Epdjimning aytishicha, jabrlanganlarning ba’zilari kuygan. Shuningdek, ularning ahvoli jiddiy emasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!