Turkiya prezidenti yangi topilgan neft zaxirasi haqida gapirdi

Turkiya prezidenti yangi topilgan neft zaxirasi haqida gapirdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Adanada topilgan neft zaxiralariga to‘xtalar ekan, uning narxi bir milliard dollarga baholanayotganini ma’lum qildi.

"Adanadagi ikkita konda yuqori sifatli neft aniqlangan. Uning narxi taxminan bir milliard dollarga baholanmoqda", – dedi Turkiya yetakchisi Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan majlisdan so‘ng xalqqa qilgan murojaatida.

Mamlakatning iqtisodiy ahvoliga to‘xtalar ekan, prezident xalqdan yana biroz sabr qilishini so‘radi.

"Biz 2023 yil fevral-mart oylarida inflyasiya darajasini sezilarli ravishda pasaytiramiz", – dedi Erdog‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!