Turk lirasi navbatdagi antirekordini o‘rnatdi

Turk lirasi navbatdagi antirekordini o‘rnatdi

Bir necha oy davomida pasayib ketayotgan turk lirasining kursi tarixdagi eng pasti deb qayd qilindi. Bu haqda Islam-today sayti xabar berdi.

Lira ayirboshlash kursining AQSh dollariga nisbatan navbatdagi pasayishi Turkiya-AQSh munosabatlarning yomonlashuvi, ya’ni Oq uyda Turkiyaning Amerika bozoriga bojsiz kirishi masalasi kayta ko‘rilishi e’lon qilingani fonida ro‘y bergani aytilmoqda.

Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, bu turk eksportining 1,66 millard dollarga kamayishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshidan turk lirasi 27 foizga pasaygan. Ekspertlarning fikricha, bu qisman mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning mamlakat moliya sektori ustidan nazoratni kuchaytirgani bilan bog‘liq.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!