Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish qonunchilikka asosan necha marta o‘tkaziladi?

A A A
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish qonunchilikka asosan necha marta o‘tkaziladi?

KUN.UZ tahririyati kelayotgan taklif va savollarga asoslangan holatda qonunchilikka oid eng ko‘p beriladigan savollarga to‘xtalib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil
31 yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Qarorga muvofiq tegishli tartibda belgilab o‘tilgan:

a) tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;

b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;

v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;

g) tirkamalar ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

d) navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida;

e) ular ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan) kundan boshlab bir yil o‘tgach (mazkur bandning «a» kichik bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno).

Shuningdek, yuqoridagi bandlarda ko‘rsatilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi quyidagi davriylikda o‘tkaziladi:

birinchi marta — 1 mart — 30 iyunda;

ikkinchi marta — 1 sentyabr — 31 oktyabrda o‘tkaziladi.

Yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 mart — 30 iyunda o‘tkaziladi.

Jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 yanvar — 31 avgustda o‘tkaziladi.

Transport vositasi texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik ko‘rikka taqdim etish muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror transport vositasi egasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida DYHXXning tegishli hududiy bo‘linmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!