Transfermarkt portali Superliga-2024ning eng qimmatbaho o‘yinchilari reytingini yangiladi

Transfermarkt portali Superliga-2024ning eng qimmatbaho o‘yinchilari reytingini yangiladi

Transfermarkt portali Superliga joriy mavsumining eng qimmatbaho o‘yinchilari ro‘yxatini yangiladi.

Unga ko‘ra, «Navbahor» va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov 1,2 million yevro narx bilan Superliganing eng qimmatbaho o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

Keyingi uchta o‘rinni 1 million yevro narx bilan Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), Akmal Mozgovoy («Nasaf») va Xurshid G‘iyosov (OKMK) egallab turibdi. Bu borada beshlikdan joy olgan Abduvohid Ne’matovning («Nasaf») transfer bahosi 900 ming yevroni tashkil qilgan.

Hojiakbar Alijonovning transfer bahosi yuz ming yevroga kamaygan bo‘lsa-da, u 900 ming yevro bilan 6-o‘rinda, «So‘g‘diyona» hujumchisi Lyupche Doriyevning transfer bahosi esa 400 ming yevroga qimmatlab, 900 ming yevro bilan 7-o‘rinda qayd etilgan.

Jasur Jaloliddinov, Dostonbek Hamdamov, Jamshid Iskanderov singari o‘yinchilar 850 ming yevro narx bilan o‘nlikdan joy olgan.

Transfermarkt portali Superliga-2024ning eng qimmatbaho o‘yinchilari reytingini yangiladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!