Tramp o‘z dastxatini 10 ming dollarga baholadi va...

Tramp o‘z dastxatini 10 ming dollarga baholadi va...

AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni Luiziana shtatiga tashrifi chog‘ida uning imzosi eBay’da 10 ming dollarga sotilishi mumkinligini aytdi. 

Tramp Luiziana shtatiga AQShda “Laura” bo‘ronidan zarar ko‘rgan hududlarni ko‘rish va ushbu masalani muhokama qilish uchun kelgan.

Nashrning ta’kidlashicha, bo‘ron bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgandan so‘ng, Tramp yig‘ilishda ishtirok etgan mahalliy favqulodda xizmatlarning vakillariga bir nechta avtograflar bergan.

“Bugun buni "eBay’"da soting. Siz bu dastxat uchun 10 ming dollar olasiz. Agar sizning ismingizni yozsam, qiymati sezilarli darajada pasayadi. Shuning uchun uni bugun kechqurun eBay’da soting”, – deya maslaxat bergan Tramp, dastxat  bergan tinglovchilardan biriga.

"eBay" ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentning imzolari ancha past narxga sotiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!