EI elchilari “maxfiy” hujjat bo‘yicha kelishib oldi

EI elchilari “maxfiy” hujjat bo‘yicha kelishib oldi

EI elchilari ittifoqning Ukraina xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini tavsiflovchi “maxfiy” hujjat bo‘yicha kelishib oldi.

Bu haqda Welt nashri o‘z qo‘lga kiritgan xujjat matniga tayanib xabar bermoqda.

Hujjatda sanab o‘tilgan majburiyatlardan biri Ukrainaga mamlakatga qarshi ehtimoliy tajovuz yuz berganidan keyin 24 soat ichida maslahatlar berishdir.

Bryussel shuningdek, qurol-yaroq yetkazib berish, askarlarni tayyorlash, xavfsizlik sektorini isloh qilish, mamlakatni minalardan tozalash, gibrid tahdidlar va kiberhujumlarga qarshi kurashishda yordam berishni va’da qilmoqda. Yevroittifoq mamlakatlari askarlarining Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etishi istisno qilingan, deya qayd etadi Welt.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!