Serbiya Qozog‘istonga 1 million yevro gumanitar yordam yubordi

Serbiya Qozog‘istonga 1 million yevro gumanitar yordam yubordi

10 may kuni Qozog‘iston jamoat fondi hisob raqamlariga Serbiya hukumatidan suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlarda uylar qurish uchun 1 million yevro tushdi, deya xabar beradi “Qozog‘iston xalqiga” jamg‘armasi matbuot xizmati.

“2024 yil 10 may holatiga ko‘ra, tabiiy ofat ta’sirida vayron bo‘lgan uy-joylarni qurish uchun Jamg‘arma tomonidan ajratilgan 10 milliard tengega qo‘shimcha ravishda 5,3 milliard tenge ajratildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Avval xabar qilinganidek, ikki davlat rahbarlari – Qasim-Jomart Toqayev va Aleksandr Vuchich o‘rtasida telefon orqali muloqot chog‘ida yilning ikkinchi yarmida Toqayevning Belgradga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!