AQSh Xitoyga nisbatan qo‘shimcha sanksiya e’lon qildi

AQSh Xitoyga nisbatan qo‘shimcha sanksiya e’lon qildi

AQSh Xitoyning 37 tashkilotiga qarshi eksport cheklovini joriy etdi. Qo‘shma Shtatlar savdo vazirligi e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, ushbu tuzilmalar Amerika milliy xavfsizligiga qarshi harakati uchun jazolangan.

– Sanoat va xavfsizlik byurosi 37 tashkilotni eksportni muvofiqlashtirish va ma’muriylashtirish doirasiga kiritdi, – deyilgan maxsus hisobotda. – XXRning mazkur tuzilmalari AQShning milliy va xorijiy siyosiy manfaatiga qarshi harakat qilayotgan tashkilotlar sifatida tegishli ro‘yxatga kiritilgan.

Xabarda qo‘llangan cheklovlar qisman Rossiyaga tovar yetkazib berilayotgani bilan bog‘liqligi ham aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!