Yangi robot chigirtkadek sakraydi va suzadi

Yangi robot chigirtkadek sakraydi va suzadi

Kil universiteti zoologiya instituti mutaxassislari ushbu muhandislik mu’jizasini yaratish uchun Xitoy “Oxya chinensis” chigirtkasining suv yuzasida suzishini o‘rganishdi.

Hashoratning suv yuzasida suzishi va suv ichidan sakray olishidan ilhomlangan olimlar shunday robot yaratishga qaror qilishdi, deyiladi “TechXplore” xabarida.

“Oxya chinensis” Xitoyning sholi yetishtiriladigan mintaqalarida, ayniqsa Yanszi daryosi bo‘yida keng tarqalgan. Chigirtkaning bu turi quruqlikda yashaydigan jonivorlar orasida suv akrobatikasini o‘zlashtirgani bilan ajralib turadi. Agar suvga qulasa, juda oson chiqadi va havoga yengil ko‘tariladi.

Dastavval olimlar laboratoriyada hashoratning harakatini o‘rganishdi. Tajriba uchun uzunligi 2,2-3,4 santimetr, og‘irligi 0,4 gramm 15 chigirtka tanlab olinib, suv bilan to‘ldirilgan shishali idishga tashlandi. Hashoratlar ba’zan suv yuzasida harakat qilmagan, ba’zan oqim bo‘ylab sust harakat qilgan yoki faol suzgan va qo‘qqis havoga sakragan. Yangi robot ham Xitoy chigirtkasi amalga oshiradigan amallarni uddalay olgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!