WBO Beterbiyevga shart qo‘ydi: Jarohatni tasdiqlovchi dalil taqdim etish yoki kamardan mahrum bo‘lish!

WBO Beterbiyevga shart qo‘ydi: Jarohatni tasdiqlovchi dalil taqdim etish yoki kamardan mahrum bo‘lish!

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yarimog‘ir vazn toifasich chempioni Artur Beterbiyevga shart qo‘ydi.

Agar Beterbiyev belgilangan muddat ichida jarohat olganligini isbotlab beruvchi hujjat, dalil taqdim eta olmasa, shartnomada belgilangan barcha huquqlardan, birinchi navbatda chempionlik kamaridan mahrum bo‘ladi. Artur tizzasidan jarohat (menisk dars ketish) olganini aytib, sentyabrgacha safdan chiqqanini ma’lum qilgandi. Bu bilan uning hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi multaq jahon chempionligi uchun belgilangan jangi ham bekor bo‘lgan edi

"Beterbiyevga 10 kun muhlat beriladi. Shu belgilangan vaqt ichida u jarohatini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar, tiklanish va mashg‘ulotlarga qaytish muddatlarini taqdim eta olmasa, kelishuvdagi barcha huquqlardan mahrum bo‘ladi. Birinchi galda chempionlik kamaridan. Reglamentga ko‘ra, vakant qolgan kamar uchun yangi da’vogarlar tayinlanadi", — deyiladi WBO bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!