Mbappe "Real"da "PSJ"dan deyarli 3 baravar kam pul topadi

Mbappe "Real"da "PSJ"dan deyarli 3 baravar kam pul topadi

Kilian Mbappe mavsum yakunida "PSJ"ni tark etishini ma’lum qildi. Forvard yozda "Real" futbolchisiga aylanishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi.

Madrid klubi katta ehtimol Mbappe bilan shartnoma imzolaganini Chempionlar ligasi finalidan so‘ng e’lon qiladi. Ispaniyaning AS nashrining yozishicha, Mbappe "Real"da "PSJ"dagiga qaraganda ancha kam maosh oladi. Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchining Madriddagi yillik maoshi 25 million yevroni tashkil qiladi. Bu soliqlardan keyingi miqdor.

"PSJ"ga kelsak, Liga 1 grandi Mbappega oyiga 6 million yevro, ya’ni yiliga 72 million yevro to‘lar edi. Biroq, bu yerda miqdor soliq imtiyozlarisiz ko‘rsatilgan.

Mbappe maoshini pasaytiradi, ammo shunga qaramay, u juda katta farq bilan "Real Madrid"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!