"O‘zkimyosanoat” AJ yer yoriqlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

"O‘zkimyosanoat” AJ yer yoriqlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘-kon majmuasi hududida xavfli yoriqlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan "O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘-kon majmuasiga yaqin, lekin kon chegarasidan tashqarida, Xo‘jayipok qishlog‘i aholi turar joylaridan qariyb 2-3 km. uzoqlikda mavjud bo‘lgan yerdagi yoriqlar 2018 yilning avgust oyida kuzatilgan tabiiy yer cho‘kishlari natijasida hosil bo‘lgan va mazkur holat yuzasidan o‘sha vaqtning o‘zida tegishli vazirlik, qo‘mita va idoralarning mas’ul rahbar hamda tajribali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Mazkur ishchi guruh 2018 yildan boshlab bugungi kunga qadar hududda paydo bo‘lgan yoriqlar va yuzaga kelgan holatni joylarga chiqib, muntazam ravishda o‘rgangan hamda kollegial tarzda zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi amalga oshirib kelinmoqda. Holat nazoratga olingan bo‘lib, kon majmuasida mehnat xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.

Shuningdek, ushbu tabiiy yer cho‘kishlarining yuzaga kelish sabablarini o‘rganish, ta’sirini kamaytirish va kengayib ketishining oldini olish maqsadida ilg‘or xorijiy kompaniyalar jalb qilinib, ularning maslahat va tavsiyalari olinib, zaruriy choralar belgilab olingan.

Qolaversa, bu kabi yer cho‘kishlarining muntazam kuzatuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, doimiy ravishda zaruriy inert materiallari bilan to‘ldirib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!