Tramp bir kunda to‘rt million dollarga boyidi

Tramp bir kunda to‘rt million dollarga boyidi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp unga nisbatan ayblov e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida to‘rt million dollardan ko‘proq pul yig‘di. Bu haqda RIA Novosti USA Today gazetasiga tayanib xabar berdi.

Tampning saylovoldi tashviqoti tashkilotchilariga ko‘ra, sobiq prezident Donald Tramp ayblov xulosalari ma’lum bo‘lganidan keyin 24 soat ichida 4 million dollardan ko‘proq pul yig‘di.

"Trampga qarshi ayblovlar ma’lum bo‘lganidan bir necha soat o‘tgach, uning prezidentlik kampaniyasi tashkilotchilari uning tarafdorlariga elektron xatlar jo‘natib, Trampning o‘zi “jodugar ovi” deb atagan voqeani to‘xtatish uchun xayriya so‘rashdi", deyiladi xabarda.

Avvalroq, Manxetten prokuraturasi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni biznes sohasida firibgarlik bo‘yicha 30 dan ortiq epizodda ayblagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!