Tramp amerikaliklarga «temir gumbaz»ni va’da qildi

Tramp amerikaliklarga «temir gumbaz»ni va’da qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQShda «Temir gumbaz» zamonaviy raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratishga va’da berdi. Bu haqda sobiq prezident Virjiniyadagi tarafdorlariga aytdi.

«Keyingi muddatda biz mamlakatimiz uzra buyuk Temir gumbaz yaratamiz. Bu hech kim ko‘rmagan gumbaz bo‘ladi – zamonaviy raketaga qarshi mudofaa», — dedi Tramp.

Amerika prezidentligiga nomzodning aytishicha, bo‘lajak raketaga qarshi mudofaa tizimi faqat Amerika komponentlaridan ishlab chiqiladi va quriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!