«Toza havo» oyligi doirasida 200 dan ortiq avtomobilning harakatlanishi taqiqlandi

«Toza havo» oyligi doirasida 200 dan ortiq avtomobilning harakatlanishi taqiqlandi


O‘zbekistonning barcha hududlarida 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Ekologlar atmosferaga me’yordan ortiq zararli moddalar chiqaradigan 518 ta avtomobilni aniqladi, deb xabar beradi «Podrobno.uz» muxbiri.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra 303 nafar haydovchiga ma’muriy kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha jarimalar qo‘llanildi. Jami 50 million so‘mdan ortiq pul to‘laydilar.

Bundan tashqari, 222 ta avtomashina haydovchilariga avtotransport vositalaridan foydalanish vaqtincha taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 10 apreldan buyon o‘tkazilayotgan «Toza havo» oyligining oraliq yakunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan taqdim etilgan edi. Umuman olganda, 10 maygacha davom etadigan oylik davomida ekologlar 200 ming avtomobilni tekshiradi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!