Toyota butun dunyo bo‘ylab zavodlarining yopilishini e’lon qildi

A A A
Toyota butun dunyo bo‘ylab zavodlarining yopilishini e’lon qildi

Toyota Yaponiyadagi 11 ta zavod faoliyatini to‘xtatdi. Vaqtinchalik cheklovlar 21 yanvardan 24 yanvargacha davom etadi.

Bu vaqt mobaynida Yaponiyadagi 11 ta zavodning 21 ta ishlab chiqarish liniyasi ishi to‘xtaydi, deb xabar beradi Nikkei Asia.

Kompaniyaning bunday qarorga kelishiga ishlab chiqarish komponentlarning yetishmasligi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, ish hududlarida koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish holatlari ham aniqlanmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallangan yangi bemorlar soni kunlik rekordlarni yangilamoqda. Ammo oldingi shtammlarga qaraganda bu safar og‘ir ahvoldagi bemorlar va o‘lim holatlari kamroq qayd etilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqarishdagi uzilishlar top-modellarni yig‘ishga ta’sir qiladi. Kompaniyaga qarashli dunyoning boshqa mamlakatlaridagi zavodlari ham o‘zgarishlarni kutmoqda. Toyota dastlab 2022 yil 31 martgacha 9,3 million dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan bo‘lsa, katta ehtimol bilan endi bu rejalarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2022 yil boshida Toyota AQSh bozorida avtomobillar savdosi bo‘yicha birinchi marta General Motors ni ortda qoldirganiga qaramay, pandemiya sababli avtomobillar ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha rejalarni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.

Toyota butun dunyo bo‘ylab zavodlarining yopilishini e’lon qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!