Toshkentda yirik tikuvchilik sexi yonib ketdi

Toshkentda yirik tikuvchilik sexi yonib ketdi

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 14 sentyabr kuni soat 08:57da, Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko‘chasi 3a-uyda joylashgan, “Shams Osiyo Original” MCHJga qarashli tikuvchilik sexida 400 kv.m. maydoni yongan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 09:03da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 09:25da qurshab olinib, soat 09:33da bartaraf etilgan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

SHU kuni soat 12:46da, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 260a-uyda joylashgan, “Sharq Latif” Oilaviy korxonasiga qarashli qurilish mollarini saqlash omborxonasining 200 kv.m. maydoni ham yongan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:53da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 13:13da qurshab olinib, soat 13:31da bartaraf etilgan.

Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!